Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Xavi o‘z shogirdining ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlaydi

Xavi o‘z shogirdining ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» qishki transferlar oynasida yarim himoyachi Frenki de Yong bilan xayrlashishi mumkin.

Bu transfer Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Zero, mutaxassis terma jamoaning asosiy futbolchilaridan biri muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istaydi.

Ayni paytda jarohatini davolayotgan de Yong tiklanganidan keyin ham «Barselona»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligi mumkin. Bunga markazda Rodri va Pedrining samarali hamkorlik qilayotgani sabab bo‘lmoqda.

«De Yong «Barselona»dagi ahamiyatini yo‘qotdi va yana barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishi kerak. Xavi uchun asosiy yarim himoyachilaridan birining kam o‘ynayotgani jiddiy muammo. U terma jamoaga chaqiriladigan futbolchisining yaxshi jismoniy holatda bo‘lishini istaydi», — deb yozadi El Nacional.

Kiritildi: 19:49, 02.10.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик