Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

O‘FAda 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

O‘FAda 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida OFA rahbariyati, Osiyo futbol konfederasiyasi (AFC) vakillari hamda Avstraliyada 2026 yilda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi Mahalliy tashkiliy qo‘mitasi (LOC) rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida 2029 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonlari, turnirni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, infratuzilma, logistika, transport, jamoalar va delegasiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda musobaqani samarali boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Avstraliyada 2026 yilda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining Mahalliy tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati turnirga tayyorgarlik jarayonida orttirilgan tajriba bilan o‘rtoqlashdi. Mehmonlar musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqichlari, operasion jarayonlar, turli yo‘nalishlar o‘rtasidagi hamkorlik hamda turnir davomida qo‘llanilgan amaliy yechimlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash va ayollar futboli rivojiga qaratilgan tashabbuslarni 2029 yilgi turnir bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 22:45, 02.10.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик