«Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi vingeri Dezire Due ko‘proq gol urishi kerak, deb hisoblaydi.
21 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Italiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. 76-daqiqada Fransiya bosh murabbiyi Zinedin Zidan yosh futbolchini almashtirdi.
«Ko‘proq gol urish uchun juda qattiq ishlayapman. Hozircha mavsumda atigi bitta gol urdim — bu yetarli emas. Ammo, menimcha, bir marta gol ursam, keyin hammasi iziga tushadi», — dedi Due The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Dezire Due so‘nggi bor mavsumning ilk uchrashuvida gol urgan edi. O‘shanda «PSJ» UYEFA Superkubogida «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Futbolchining golsiz seriyasi hozirda 9 ta o‘yinni tashkil etmoqda.













