Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich Luka Modrichning milliy jamoa uchun qanchalik muhim ekani haqida fikr bildirdi.
«U hamon safda, chunki u betakror futbolchi. Modrich bu yerda, sababi u jamoa uchun nihoyatda muhim. U shunchaki futbolchi yoki sardor emas — u haqiqiy timsol.
Uning ahamiyatini hamma joyda his qilish mumkin: ovqatlanish paytida ham, jamoaviy uchrashuvlarda ham, yig‘ilishlarda ham. Ammo eng muhimi, u hali ham o‘yinga juda katta hissa qo‘shmoqda va natijaga bevosita ta’sir ko‘rsatyapti. U A Seriyada ham muhim rol o‘ynamoqda», — dedi Bilich.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida 2006 yilda debyut qilgan.













