Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski qariyb bir yildan so‘ng ilk bor xet-trik qayd etdi

Levandovski qariyb bir yildan so‘ng ilk bor xet-trik qayd etdi

Baho:
+ | -

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Millatlar ligasida Ruminiyaga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

38 yoshli futbolchi 24, 47 va 86-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuv Polsha terma jamoasining 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu Levandovski uchun so‘nggi 11 oy ichidagi birinchi xet-trik bo‘ldi. U bundan avval o‘tgan yilning 9 noyabr kuni, hali «Barselona» safida to‘p tepayotgan paytida, La Liga doirasida «Selta» darvozasiga uchta gol urgan edi.

Robert Levandovski o‘tgan mavsum yakunida kataloniyaliklar klubini tark etdi va iyul oyi o‘rtalarida «Chikago Fayr» safiga qo‘shildi. U yangi jamoasi tarkibida 15 ta o‘yinda 7 ta gol urdi.

Polsha terma jamoasi safida esa Levandovski qariyb yetti yildan so‘ng ilk bor bir o‘yinda uchta gol kiritdi. U bundan avval 2019 yil 10 oktyabr kuni milliy jamoa safida xet-trik qayd etgan edi.

Kiritildi: 03:36, 03.10.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик