Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Ispaniya murabbiyi Ronaldu atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Ispaniya murabbiyi Ronaldu atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentega Portugaliya milliy jamoasida Krishtianu Ronaldu ishtirokida yuz bergan mojaro haqida savol berildi.

Yaqinda 41 yoshli hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan xafa bo‘lib, terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.

«Tabiiyki, bu masala bo‘yicha o‘z fikrimni bildira olmayman, chunki menda yetarlicha ma’lumot yo‘q. Taxmin va farazlar qilish — mening uslubim emas. Faktlarni bilmasdan turib xulosa chiqarishni yoqtirmayman.

Ustozim doim aytganidek, har bir vaziyat o‘ziga xos va shunga qarab ish tutish kerak. Shuning uchun, ochig‘ini aytsam, men bilmayman. Barcha haqiqatni bilmasdan turib javob berib bo‘lmaydi. Afsuski, ayta oladiganim shu», — dedi de la Fuente.

Portugaliya OAV Ronaldu terma jamoaga qaytmasligi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq mamlakat futbol federasiyasi yulduz futbolchini bosh murabbiy bilan yarashtirishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 03:37, 03.10.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик