Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«Barselona» «Kamp Nou» abonementlari narxini oshirishi mumkin

«Barselona» «Kamp Nou» abonementlari narxini oshirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» «Kamp Nou» stadionidagi rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlangach, abonementlar narxini oshirish ehtimolini istisno qilmayapti. Klub vise-prezidenti Yelena Fort rahbariyat bu masalani ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

«Stadion to‘liq tayyor bo‘lgach, barcha jihatlarni tahlil qilishimizga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘p narsa o‘zgardi. Avval eng qimmat va talab yuqori bo‘lgan joylar tom ostida edi, chunki u yerda muxlislar yomg‘irdan himoyalangan. Endi esa butun stadion yopiq bo‘ladi, boshqa qulayliklar ham paydo bo‘ldi. Shuning uchun barchasini qanday qayta taqsimlash mumkinligini ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi Fort Betevé nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, vise-prezident klub amaldagi abonement egalari manfaatlarini hisobga olish va oilalar uchun hamyonbop variantlarni saqlab qolish niyatida ekanini ta’kidladi.

Fort 2023 yilda «Kamp Nou»dagi ayrim o‘rinlar uchun abonementlar 180–200 yevro turganini ham eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu narxlar bozor qiymatidan ancha past bo‘lgan. Shu sababli klub abonement egalarining huquqlarini saqlagan holda narxlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Fort, shuningdek, stadion rekonstruksiyasi bilan shug‘ullanayotgan Turkiyaning Limak kompaniyasi ishini ijobiy baholadi va «Barselona» xuddi shu ish uchun yana shu kompaniyani tanlagan bo‘lishini aytdi.

Kiritildi: 03:50, 03.10.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик