«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini kelasi yili nishonlanadigan klubning 100 yillik yubileyi haqida fikr bildirdi.
— «Roma»ning ikkinchi yuz yilligini qanday tasavvur qilasiz?
— Avvalo, 100 yillik — juda hissiyotli va muhim marra. Klub tarixiga qancha inson hissa qo‘shgani, qancha muxlis o‘z hayotini shu jamoaga bag‘ishlagani haqida o‘ylab ko‘ring.
Menimcha, biz tariximizni o‘zimiz bilan olib yurishimiz kerak. Uni inkor etib bo‘lmaydi, aks holda kelajagimiz bo‘lmaydi. Bu yanada yaxshi kelajak sari ajoyib sayohat bo‘lishi kerak.
Men «Roma»ning ikkinchi yuz yilligi birinchisidan ham go‘zalroq bo‘ladi, deb hisoblayman», — dedi Gasperini.













