Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gasperini «Komo»ni A Seriya chempionligi uchun da’vogar deb hisoblaydi

Gasperini «Komo»ni A Seriya chempionligi uchun da’vogar deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini «Komo»ni A Seriya chempionligi uchun da’vogar deb hisoblaydimi, degan savolga javob berdi. Jamoalar Italiya chempionatining 6-turi doirasida 11 oktyabr kuni Komodagi «Juzeppe Sinigalya» stadionida o‘zaro to‘qnash keladi.

«Ha, ular yaxshi jamoa. Jamoa sifatida ham, loyiha va klub sifatida ham o‘z futbollariga ishonishadi. Ular uchinchi diviziondan boshlab, Chempionlar ligasigacha yetib borib, katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Odamlar shunchalik yaxshi ishlayotganini ko‘rsangiz, ularga beixtiyor havas qilasiz. Menimcha, bu vaqtinchalik porlash emas. Ularda nafaqat resurslar, balki yuqori mahorat ham bor. Shubhasiz, ular hali uzoq vaqt davomida jiddiy raqib bo‘lib qoladi», — dedi Gasperini.

Kiritildi: 04:05, 03.10.2026.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик