Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Mitoma transferiga qiziqish bildirmoqda

«Tottenxem» Mitoma transferiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» «Brayton» qanot hujumchisi Kaoru Mitomaga qiziqish bildirmoqda. «Shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi avval «Brayton»da birga ishlagan vinger bilan qayta birlashish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda. Mitomaning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Futbolchi hozircha klub bilan kelishuvni uzaytirishga intilmayapti.

Joriy mavsumda Mitoma son orqa qismi mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanayotgani sababli hali birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 04:17, 03.10.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик