«PSJ» va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning rafiqasi Marina, agar turmush o‘rtog‘i taklif qilsa, u bilan nikoh shartnomasi tuzishga rozi ekanini bildirdi.
Uning aytishicha, nikoh shartnomasiga hech qanday noto‘g‘ri qarashi yo‘q va bu hujjatni har ikki tomonning huquqiy himoyasi deb biladi.
«Men uning xotirjam bo‘lishini istayman. Bundan tashqari, hozir o‘z biznesim bor. Biznes — biznes. Faqat taklif qilsa bo‘ldi, umuman muammo yo‘q», — dedi Marina.













