Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gasperini: "Atalanta" bilan xayrlashish muqarrar edi"

Gasperini: "Atalanta" bilan xayrlashish muqarrar edi"

Baho:
+ | -

Hozirda "Roma"ni boshqarayotgan Jan Pyero Gasperini avvalgi klubi "Atalanta" bilan xayrlashishi muqarrar bo‘lganini aytdi.

"Bergamoda to‘qqiz yil ishlagandan keyin u yerdan ketish men uchun o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘ldi. Men shunday bosqichga yetib keldimki, bu ish men chindan ham istagan narsa emas, balki odatiy holatdek qabul qilina boshladi.

Menda ko‘plab shubhalar bor edi, ishonch esa juda kam edi. Ammo bunday qarorlar yakuniy bo‘ladi. Oxir-oqibat, hammasi yaxshi yakunlandi", — dedi Gasperini.

Ayni paytda uning qo‘l ostidagi "Roma" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 10:39, 03.10.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик