Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Tennischimiz Pekin kortlarida porlamoqda

Tennischimiz Pekin kortlarida porlamoqda

Baho:
+ | -

Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turnirida Polina Kudermetova navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi bosqichida Polina Kudermetova daniyalik Klara Tauson bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda tennischimiz 6:4, 4:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Polina Kudermetova uchinchi bosqichda rossiyalik Mirra Andreevaga qarshi kortga chiqadi.

«China Open–2026» turnirining ushbu bosqichida yana bir vakilimiz Mariya Timofeeva yaponiyalik Naomi Osakaga 3:6, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Musobaqadagi eng kuchli tennischimiz Kamilla Rahimova esa ertaga ikkinchi bosqichda kanadalik Leyla Fernandesga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:57, 03.10.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик