"Beshiktash" hujumchisi O Xyon Gyu "Tottenxem"ning yangi transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Turkish-Football xabar berdi.
London klubi janubiy koreyalik futbolchini qishki transferlar oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, "shporlar"ga klub afsonasi Son Xyon Min ham yordam bermoqda. U O Xyon Gyuni "Tottenxem Xotspur Stedium"ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Hujumchining "Beshiktash" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, janubiy koreyalik futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanadi.
"Tottenxem" Angliya Premyer-ligasida mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalining so‘nggi o‘rnida bormoqda.













