Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aichi-Nagoya-2026, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Aichi-Nagoya-2026, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida dzyudo terma jamoamiz O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga yana bir medalni taqdim etdi.

Sportchilarimiz dastlab chorak final bosqichi doirasida kuchli Yaponiyaga qarshi gilamga chiqib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng dzyudochilarmiz o‘tish bahsida o‘tish bahslarida Xitoy Taypeyini mag‘lub etdi — 4:0.

Bronza medali uchun bellashuv esa Janubiy Koreyaga qarshi kechdi. Unda jamoamiz raqibni 4:2 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 69 taga yetdi — 21 oltin, 24 kumush va 24 bronza.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:30, 03.10.2026.
O'qildi: 2276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик