Yaponiyaning Nagoya shahrida davom etayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
Erkin kurash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Sherzod Poyonov shohsupaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
97 kg vazn toifasida kechgan shiddatli va murosasiz final bahsida Sherzod Poyonov eronlik polvon Amirali Azarpira bilan gilamga tushdi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.













