Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mora "Real" yoki "Barselona"da o‘ynamoqchi

Mora "Real" yoki "Barselona"da o‘ynamoqchi

Baho:
+ | -

"Tixuana" klubining 17 yoshli meksikalik yarim himoyachisi Xilberto Mora Angliyaga ko‘chib o‘tishni xohlamayapti. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Mora xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgan "Liverpul"ga o‘tishni unchalik istamayapti. Vakilning ta’kidlashicha, xavbek faoliyatini Ispaniya grandlaridan biri — "Real" yoki "Barselona"da davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. Har ikkala klub ham futbolchining o‘sishini kuzatib bormoqda.

Oldinroq "Tixuana" o‘z yulduzini taxminan 20-25 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda Mora Meksika chempionatining 7 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:18, 03.10.2026.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик