Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Bastoni transferi uchun 80 million yevro sarflashi mumkin

«Barselona» Bastoni transferi uchun 80 million yevro sarflashi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» 2027 yilda yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya grandining transfer maqsadlari ro‘yxatiga «Inter» futbolchisi Alessandro Bastoni yana qaytgan.

Bastonining o‘zi ham muhitni o‘zgartirib, «Kamp Nou»ga yo‘l olishni istamoqda. Biroq bunday transferni amalga oshirish uchun «Barselona»ga katta mablag‘ — taxminan 80 million yevro kerak bo‘ladi.

Kuni kecha Alessandro Bastoni Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi mehmonda o‘tkazilgan uchrashuvda Italiya terma jamoasi safida gol urdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Qayd etish joiz, 27 yoshli Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:23, 03.10.2026.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик