«Real»ning sobiq murabbiyi Davide Anchelotti Joze Mourinyu qo‘l ostidagi «qaymoqranglilar» o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Mening «Real» haqida aytgan har bir gapim tanqid sifatida qabul qilinishini istamayman. Ammo maydonda Modrich yoki Kroos bo‘lgan paytda to‘p doimo bo‘sh hududlarga yetkazib berilardi. Men «Real»ning hozirgi futbolchilarini tanqid qilmoqchi emasman, ammo vertikal futbol uchun aniq pas bera oladigan o‘yinchi kerak», — deya Anchelottining so‘zlarini Diario AS nashri keltirdi.
Yetti tur yakunlariga ko‘ra, «Real» Ispaniya La Ligasida 15 ochko to‘plab, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Mourinyu jamoasi peshqadam «Barselona»dan olti ochko ortda qolmoqda.













