Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: «Barselona»ning o‘yinlarini tomosha qilish menga yoqadi»

Anchelotti: «Barselona»ning o‘yinlarini tomosha qilish menga yoqadi»

Baho:
+ | -

«Lill» bosh murabbiyi va Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti «Barselona»ning o‘yinlarini tomosha qilish unga yoqadimi, degan savolga javob berdi.

«Menga vertikal futbol yoqadi. Hozir «Barselona» aynan shunday o‘ynamoqda. Albatta, ularning o‘yinlarini tomosha qilish menga yoqadi. Bu jamoaga qarshi o‘yinlarda qiyinchiliklarga ham duch kelganman. Rafinyaning hujumchi pozisiyasidagi o‘yini, uning bo‘sh hududlarga ochilib kirishlari menga yoqadi», — dedi Anchelotti Diario AS nashriga bergan intervyusida.

«Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumida dastlabki yettita o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hisobida 21 ochko bor.

10 oktyabr kuni Xans-Diter Flik shogirdlari «Xetafe»ni qabul qiladi. Sakkizinchi tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:32, 03.10.2026.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик