Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Namibiyalik sobiq futbolchi: "Rossiya terma jamoasidan hech kimni tanimayman"

Namibiyalik sobiq futbolchi: "Rossiya terma jamoasidan hech kimni tanimayman"

Baho:
+ | -

Namibiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronald Ketdjidjere Rossiya futbolchilari haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi. 

— Hozir Namibiya terma jamoasining holati yaxshi, deb ayta olmayman. Jamoada muammolar ko‘p, avlodlar almashinuvi og‘ir kechmoqda. Biroq tarkibimizda qiziqarli futbolchilar bor. Piter Shalulile va Deon Xottoga e’tibor qaratishingiz mumkin.

— Rossiya terma jamoasidan kimnidir taniysizmi?

— Yo‘q, Rossiya futbolchilaridan hech kimni tanimayman.

— O‘yindan nimani kutyapsiz?

— Namibiya terma jamoasi har safar maydonga tushganda, uning g‘alaba qozonishini istayman. Hozir ham shunday umiddaman. Biz bundan ancha vaqt oldin bunday kuchli terma jamoaga qarshi o‘ynaganmiz. Har qanday futbolchi uchun bu katta chaqiriq va o‘zini ko‘rsatish imkoniyati, — dedi Ketdjidjere.

Rossiya va Namibiya terma jamoalari 3 oktyabr kuni Yekaterinburgda ilk bor o‘zaro bahs olib boradi. 

Kiritildi: 16:56, 03.10.2026.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик