«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa hali qaysi jihatlar ustida ishlashi kerakligi haqida gapirdi.
«Bizga hali ko‘p narsa yetishmayapti va men buni ochiq aytaman. Biz o‘yinda ko‘proq ustunlik qilishga harakat qilyapmiz, ba’zi paytlarda yaxshi o‘ynayapmiz, ammo hali juda ko‘p ish qilishimiz kerak.
Menga bu jamoani «Amorimning «Milan»i» deb atashlari yoqmaydi. «Milan» — bu «Milan». Uning murabbiy ismidan ham ustun turadigan o‘z tarixi va o‘ziga xosligi bor. Men hatto hamma narsa ideal ketmayotgan paytda ham g‘alaba qozona oladigan, o‘z uslubiga ega jamoani ko‘rishni istayman», — deya Amorimning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.
Joriy mavsumda «Milan» 11 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. A Seriyada 13 ochkoga ega «Roma» peshqadamlik qilmoqda.













