Shanba kuni Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich 45 yoshga to‘ldi. Faoliyati davomida Ibrahimovich A Seriyaning uchta top-klubi — «Yuventus», «Inter» va «Milan» safida to‘p surgan.
«Yuventus» va «Milan»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ibraximovichga yo‘llangan tabriklarni ko‘rish mumkin. «Inter» esa shvesiyalik sobiq futbolchisini hozircha tabriklamadi, ammo kun tugashiga hali vaqt bor.
Fursatdan foydalanib, Ibragimovichning Italiya klublaridagi ko‘rsatkichlariga nazar tashlaymiz:
«Milan»: 163 ta o‘yin, 93 ta gol, 35 ta golli uzatma.
«Inter»: 117 ta o‘yin, 66 ta gol, 29 ta golli uzatma.
«Yuventus»: 92 ta o‘yin, 26 ta gol, 21 ta golli uzatma.













