Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Mourinyo oldida jiddiy sinov bor

Mourinyo oldida jiddiy sinov bor

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya chempionatining «Vilyarreal»ga qarshi navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jamoada markaziy himoya bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. Hozircha ushbu pozisiyada faqat Antonio Ryudiger o‘ynashga tayyor.

Din Xyoysen diskvalifikasiya sababli maydonga tusha olmaydi, Eder Militao esa hali to‘liq tayyor emas. Ibraima Konate ham jarohatidan so‘ng tiklanib ulgurmasligi mumkin.

Mourinyo uchun eng aniq yechim — Orelyen Tchuamenini markaziy himoyaga qo‘yish. Biroq «Marca» xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Xususan, yoshlar jamoasi futbolchilaridan foydalanishi mumkin.

«Real» — «Vilyarreal» uchrashuvi 10 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:20, 03.10.2026.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик