Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken «Manchester Siti» atrofidagi sud ishi haqida Erling Xoland bilan gaplashganini ma’lum qildi.
«Bu hozir sudda ko‘rib chiqilayotgan yuridik ish. U haqida fikr bildirish uchun masalani juda yaxshi o‘rganishim kerak edi, ammo bunga vaqtim bo‘lmadi.
Bu borada chuqur bilimga ega emasman va ish bilan tanishib chiqqanimdan keyingina fikr bildiraman. Sudda aybi isbotlanmaguncha, hech kim aybdor hisoblanmaydi. Bu mavzuni Xoland bilan muhokama qilganman, ammo uning terma jamoaga aloqasi yo‘q», — deya Solbakkenning so‘zlarini keltiradi Record.
Ayni paytda «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzgani bo‘yicha ish yuzasidan mustaqil komissiya qaror chiqargan, klub esa unga apellyasiya bergan.













