Shanba kuni kechqurun Millatlar ligasi uchinchi turi doirasida Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi taym yakunlandi va Riyekadagi stadion tablosida 0:4 hisobi qayd etilgan.
"Uch sherlar" safida birinchi bo‘limda Xarri Keyn, Jud Bellingem, Entoni Gordon va Bukayo Saka gol urdi.
Birinchi taym oxirida, hisob 0:3 bo‘lib turgan paytda Mateo Kovachich farqni qisqartirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. U darvozabonni aldab o‘tib, qulay vaziyatdan deyarli bo‘sh darvozani nishonga ola bilmadi.













