Italiyaning "Milan" klubi ispaniyalik himoyachi Mario Xila uchun qariyb 30 million yevro to‘ladi va futbolchining o‘zi aytganidek, uni transfer qilish uchun boshqa bir Milan klubi bilan raqobatda g‘olib chiqdi.
"Ha, bir nechta variant bor edi, ammo men "Milan"ni tanladim. Bunday tarkib va shuncha sovrinlarga ega klub seni chorlasa, rad javobini berish qiyin. Boshqa jamoalar ham rivojlanmoqda, ammo "Milan"ning yana g‘alabali yo‘lga qaytishiga yordam berish imkoniyati — boshqa joydan topib bo‘lmaydigan narsa. "Inter" men bilan bog‘langanmidi? Ha", — deya Xilaning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Avvalroq Xila Rimning "Lasio" klubi sharafini himoya qilgan.













