Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Zidanning debyutini 7 milliondan ortiq tomoshabin kuzatdi

Zidanning debyutini 7 milliondan ortiq tomoshabin kuzatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Fransiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi uchrashuvi katta voqeaga aylandi. Qiziqarli o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va bu Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi bo‘ldi.

Bahs afsonaviy "Stad de Frans" stadionida o‘tkazildi. Aynan shu arenada "Zizu" 1998 yilda Jahon kubogini boshi uzra ko‘targan edi. Ushbu muhim uchrashuv tufayli Fransiyaning TF1 telekanali teletomosha reytinglarida yetakchilik qildi.

Médiamétrie kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Zidanning bosh murabbiy sifatidagi uydagi debyutini 7 milliondan ortiq tomoshabin kuzatdi. Aniqrog‘i, auditoriya 7,17 million kishini tashkil etdi, bu esa umumiy teletomoshabinlarning 41 foiziga teng.

Bu Millatlar ligasi o‘yinlari orasida TF1 telekanali uchun so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Kiritildi: 23:12, 03.10.2026.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик