"Tottenxem" va "Aston Villa" "Bavariya" himoyachisi Kim Min Je uchun qancha mablag‘ talab qilinishi mumkinligini bilib oldi. Bu haqda Sports Mole xabar berdi.
29 yoshli janubiy koreyalik futbolchi 2023 yilda "Napoli"dan o‘tganidan beri "Bavariya" safida to‘p surmoqda. Shu vaqtdan buyon u Myunxen klubi uchun 121 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan.
Joriy mavsumda Kim asosiy tarkibdagi o‘rniga kafolatga ega emas. Bosh murabbiy Vensan Kompani ko‘proq Jonatan Ta va Dayo Upamekanoga ishonch bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, "Bavariya" munosib o‘rinbosar topa olsa, Kim Min Jeni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, himoyachining yanvarda emas, kelasi yozda jamoani tark etishi ehtimoli yuqoriroq deb baholanmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchini sotib olish uchun 34,5 million yevro miqdoridagi taklif yetarli bo‘lishi mumkin. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlanishiga ikki yildan kam vaqt qolgan.













