Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Bruno: "Ole bilan birga ishlagan davrlarimni iliq xotiralar bilan eslayman"

Bruno: "Ole bilan birga ishlagan davrlarimni iliq xotiralar bilan eslayman"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»da Ole Gunnar Sulsher qo‘l ostida ishlagan davrini esladi.

«Sulsher men uchun juda muhim murabbiy. Aynan u menga dunyoning eng buyuk klublaridan birida o‘ynash imkoniyatini berdi.

Ole bilan birga ishlagan davrlarimni iliq xotiralar bilan eslayman. Ba’zida futbol haqida suhbatlashib turamiz, ammo hozircha Portugaliya va Norvegiya o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yin haqida gaplashish imkoniyati bo‘lmadi.

Umid qilamanki, uchrashuv norvegiyaliklar uchun emas, bizning terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadi va final hushtagidan so‘ng unga xabar yoza olaman», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi United Zone.

Kiritildi: 09:38, 04.10.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик