Kirish Ro'yxatdan o'tish

Enso: "Messi bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapmiz"

Enso: "Messi bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapmiz"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes Lionel Messining milliy jamoa bilan xayrlashishi arafasida ekani haqida fikr bildirdi.

«Inter Mayami»ning 39 yoshli futbolchisi tez orada «albiseleste» yig‘iniga qo‘shilib, terma jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘radi. Bahs 6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi. Raqib — Benin terma jamoasi.

«Biz Messining kelishini kutyapmiz. Menimcha, u ertanoq bizga qo‘shiladi. Uni nafaqat o‘yin uchun kutyapmiz. Terma jamoa futbolchisi sifatidagi so‘nggi kunlari va so‘nggi mashg‘ulotlarini u bilan birga o‘tkazishni ham istaymiz.

U bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapmiz. U kelganida barbekyu qilamiz. Umid qilamanki, Messi munosib xayrlashuvga ega bo‘ladi va har bir lahzadan zavq oladi», — deya Enso Fernandesning so‘zlarini keltiradi All About Argentina.

Kiritildi: 09:42, 04.10.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик