Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn gollar bo‘yicha yana yuqorilab bormoqda

Keyn gollar bo‘yicha yana yuqorilab bormoqda

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn yana gol urdi.

Shanba kuni «uch sherlar» sardori Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, yana bir golga uzatma berdi. Uchrashuv Angliyaning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bayern & Germany ma’lumotiga ko‘ra, Keyn endi terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida malayziyalik Moxtar Daxari bilan 7-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida 89 tadan gol bor.

Ulardan yuqorida Robert Levandovski (Polsha — 92 ta), Romelu Lukaku (Belgiya — 94 ta), Sunil Chetri (Hindiston — 95 ta), Ali Dayei (Eron — 108 ta), Lionel Messi (Argentina — 125 ta) va Krishtianu Ronaldu (Portugaliya — 146 ta) joylashgan.

Kiritildi: 09:53, 04.10.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик