Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Joau Feliks yana "Barselona"da o‘z kuchini sinab ko‘rishga umid qilmoqda.
Avvalroq portugaliyalik futbolchining bu istagi haqida Ispaniya OAV xabar bergan edi. Barca Universal tayangan taniqli insayder Fabrisio Romano ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Felish Kataloniya klubining katta muxlisi hisoblanadi. Uning hamyurti Joau Kanselu ham Saudiya Arabistonida "Al-Hilol" safida o‘ynaganidan so‘ng yaqinda "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilgan edi.
Agar "Barselona" Felish bilan bog‘lanmasa, u katta ehtimol bilan Yevropaning boshqa klublaridan taklif kutadi.
Transfermarkt mutaxassislari 26 yoshli futbolchining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.













