"Luton Taun" bosh murabbiyi Djek Uilsher Mikel Artetadan qanday o‘rganganini esladi.
Angliyalik mutaxassis "Norvich" murabbiylar shtabiga qo‘shilishidan oldin Londonning "Arsenal" klubi yoshlar jamoasini boshqargan.
"Men Artetaning qanday ishlashini, uning mashg‘ulotlari qanday o‘tishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lganman. Unga savollar berib, nega u yoki bu ishni qilayotganini tushunishga harakat qilardim. Vaqt o‘tishi bilan uning g‘oyalari va mashg‘ulotlariga tobora ko‘proq qiziqib qoldim.
Mikel menga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ammo keyin men o‘zim mustaqil ravishda jamoani boshqarishni — ma’lumotni to‘g‘ri yetkazishni, mashg‘ulotlarni rejalashtirishni va natijaga erishishni o‘rganishim kerak edi", — dedi Uilsher BBC bilan suhbatda.
"Arsenal"ning mashhur sobiq yarim himoyachisi o‘tgan yil oktyabr oyida "Luton" bosh murabbiyi lavozimini egallagan.













