Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Patrik Berg Krishtianu Ronalduning mojaroli ketishidan so‘ng Portugaliyaga qarshi safar uchrashuvidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Portugaliya Krishtianusiz kuchliroqmi? Buni aytish qiyin, chunki biz bu jamoani usiz hali ko‘rmaganmiz. Ronaldu qanday faoliyat o‘tkazganini hamma biladi, u juda ko‘p narsaga erishgan. U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Men unga hurmat bilan qarayman. Endi ular usiz qanday o‘ynashini ko‘ramiz", — deya Bergning so‘zlarini Record nashri keltirdi.
Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













