Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka holda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
29 yoshli futbolchi bugun Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urdi. Bu uning "albiseleste" safidagi 42-goli bo‘ldi.
"Neradzurri" forvardi to‘purarlar ro‘yxatida Serxio Agueroni ortda qoldirdi. Aguero terma jamoada 41 ta gol urgan. Shu bilan birga, Lautaro bu natijaga ancha kam o‘yinda erishdi — 86 ta uchrashuvga qarshi 101 ta.
Argentina terma jamoasi tarixida Lautarodan ko‘proq golni faqat Lionel Messi (125) va Gabriel Batistuta (56) urgan.
Lautaro Martines 2018 yildan beri Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan jahon chempionatida u raqiblar darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan.













