Avval xabar berganimizdek, "Brayton"ning germaniyalik tajribali futbolchisi Paskal Gross Angliya Premyer-ligasida sentyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Gross APL tarixida bunday mukofotni qo‘lga kiritgan "Brayton"ning ilk futbolchisi bo‘ldi.
Oyning so‘nggi kunida u 35 yosh 107 kunlik edi va 2022 yil aprelidan beri mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan eng katta yoshli futbolchiga aylandi. O‘shanda Krishtianu Ronaldu 37 yosh 84 kunligida ushbu mukofotni olgan edi.
Ayni paytda "Brayton" Angliya chempionati oliy divizioni turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa "Sanderlend"ga qarshi maydonga tushadi.













