Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andrey Shevchenkoning o‘g‘li Angliyada yangi klub topdi

Andrey Shevchenkoning o‘g‘li Angliyada yangi klub topdi

Baho:
+ | -

"Milan" va "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning o‘g‘li Kristian Angliyaning havaskorlar klubi "Sholing" bilan shartnoma imzoladi.

"Qayiqchilar" laqabi bilan tanilgan jamoa Janubiy liga Premyer-divizionining Janubiy guruhida ishtirok etadi. Bu Angliya futbol ligalari tizimida yettinchi daraja hisoblanadi.

Ayni paytda afsonaviy ukrainalik futbolchining o‘g‘li qo‘shilgan yangi klub chempionatning 8 ta o‘yinida 10 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Kristian avval "Tottenxem" va "Chelsi"ning yoshlar jamoalari bilan mashg‘ulot o‘tkazgan. Biroq yakunda u faoliyatini unchalik mashhur bo‘lmagan "Sholing" klubida davom ettirishga qaror qildi.

Kiritildi: 10:24, 04.10.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик