Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes Millatlar ligasi 3-turida Chexiya ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Ular juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Bu eng qiyin o‘yinlardan biri bo‘lishini o‘ylagandim, shunday ham bo‘lib chiqdi. Bizga oson bo‘lmadi, ammo gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi.
Ba’zi uchrashuvlarda bunchalik ko‘p vaziyat yaratishning iloji bo‘lmaydi. Biroq jamoa bugungi o‘yinni to‘g‘ri tashkil eta oldi», — dedi futbolchi Teledeporte efirida.













