Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Roma» Mario Ermosoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Roma» Mario Ermosoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Roma» rahbariyati jamoa himoyachisi Mario Ermoso bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ermoso 2024 yildan buyon Rim klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Roma» safiga Madridning «Atletiko» klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Mario «bo‘rilar» safida 54 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

31 yoshli himoyachi joriy mavsum Italiya A Seriyasida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol bor, shuningdek, Ermoso ikki marta sariq kartochka olgan.

Kiritildi: 12:12, 04.10.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик