Yevropada yonilg‘i narxlarining oshishi futbol klublariga ham ta’sir qila boshladi. Fransiya futbol federasiyasi vaziyatga aralashdi: katta byudjetga ega bo‘lmagan havaskor klublarga yonilg‘i xarajatlarini qoplash uchun 1,5 million yevrodan kompensasiya ajratiladi. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri RMC Sport ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
«Biz kompaniyalarga ishonamiz. Ular yonilg‘i talonlariga ega bo‘lgan holda, ulardan qanday foydalanishni o‘zlari hal qilishlari mumkin. Kim biladi, ehtimol, bu farzandlarini turli joylarga olib borib-keladigan ota-onalar uchun ham asqotar», — dedi federasiya rahbari Filipp Diallo.
Eslatib o‘tamiz, yonilg‘i narxlarining oshishi Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq.













