UYEFA Millatlar ligasining o‘tgan turi eng yaxshi futbolchisi nomiga to‘rt nafar nomzodni tanladi. Qizig‘i, nomzodlarning barchasi yarim himoyachilardan iborat.
Ro‘yxatdan Jud Bellingem — Angliya, Xorvatiyaga qarshi o‘yinda 1 ta gol va 3 ta golli uzatma; Florian Virs — Germaniya, Serbiyaga qarshi bahsda 1 ta gol; Kevin de Bryoyne — Belgiya, Turkiyaga qarshi 2 ta gol; Brunu Fernandesh — Portugaliya, Daniyaga qarshi 2 ta golli uzatma bilan o‘rin oldi.
G‘olib nomi 5 oktyabr, dushanba kuni e’lon qilinadi. Shu kuni haftaning ramziy terma jamoasi ham ma’lum qilinadi.
Millatlar ligasining dastlabki ikki turida ispaniyalik Lamin Yamal va norvegiyalik Erling Xoland eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.
Millatlar ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi tur uchrashuvlari 4–6 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.













