Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasida Xorvatiya ustidan safarda 7:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarni jamoadan haddan tashqari katta natijalar kutishdan ogohlantirdi.
Angliyaliklar birinchi bo‘limning o‘zida javobsiz to‘rtta gol urib, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Tanaffusdan keyin ham 2026 yilgi jahon chempionati bronza medali sohiblari sur’atni pasaytirmadi va Xorvatiya darvozasiga yana uchta gol urdi.
«Kutilmalarni haddan tashqari oshirib yubormaslik kerak. Biz har bir o‘yinda yettitadan gol urishni maqsad qilmaganmiz. Buni doimiy ravishda amalga oshira olmaymiz, har bir uchrashuvda bunchalik ko‘p golli vaziyat yaratish imkoniyati ham bo‘lmaydi», — deya Tuxelning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
6 oktyabr, seshanba kuni Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Chexiyani qabul qiladi.













