Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Bukayo Saka Entoni Gordonning Angliya terma jamoasidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Barselona» vingeri Millatlar ligasining joriy mavsumida o‘tkazgan uchta uchrashuvining barchasida gol urdi. Shanba kuni 25 yoshli futbolchi Xorvatiya darvozasini ishg‘ol qildi va Jud Bellingemga golli uzatma berdi. Uchrashuv «uch sherlar»ning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Gordon — Angliya terma jamoasida porlayotgan yana bir futbolchi. Jamoada bunday yuqori saviyada o‘zini ko‘rsata oladigan futbolchilar shunchalik ko‘p ekani juda yaxshi», — deya Barça News Xorvatiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan Sakaning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Gordon joriy yil yozida «Nyukasl»dan «Barselona»ga o‘tgan edi.













