Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fran Garsiya «Oltin to‘p»ni Yamalga emas, boshqa futbolchiga bergan bo‘lardi

Fran Garsiya «Oltin to‘p»ni Yamalga emas, boshqa futbolchiga bergan bo‘lardi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va «Betis»ning chap qanot himoyachisi Fran Garsiya «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.

Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Chexiyani o‘z maydonida 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri yana Lamin Yamal bo‘ldi. «Barselona» vingeri bahs boshida chiroyli gol urdi.

Final hushtagidan so‘ng jurnalistlar Fran Garsiyadan Yamal «Oltin to‘p»ga munosibmi, deb so‘rashdi. Ammo Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi boshqa jamoadoshini tanladi.

«Men sovrinni Fabian Ruisga bergan bo‘lardim. Buni avval ham aytganman», — dedi Garsiya. Uning so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.

«Oltin to‘p» sohibi nomi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

Kiritildi: 12:38, 04.10.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик