Lissabonning «Sporting» klubi himoyachisi Ivan Fresneda Ispaniya terma jamoasidagi debyut uchrashuvidan so‘ng intervyu berdi.
«Qizil furiya» Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonida Chexiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Fresneda uchrashuvni boshidan oxirigacha o‘tkazdi.
O‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda 22 yoshli futbolchi Lamin Yamalning mahorati uni hayratda qoldirganini tan oldi. «Barselona» vingeri jarima maydoni tashqarisidan uzoq burchakni aniq nishonga oldi.
«Yamalning bugungi goli meni hayratda qoldirdi», — deya Fresnedaning so‘zlarini Barca Buzz keltirdi.
Lamin Yamal 6-daqiqada hisobni ochdi. Keyinroq Rodri Ernandes va Mikel Merino ham Chexiya darvozasini ishg‘ol qildi.
Yamal joriy Millatlar ligasida o‘tkazgan uchta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













