Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Italiya termasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Arsenal» Italiya termasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Brentford» va Italiya terma jamoasi qanot himoyachisi Maykl Kayode bir qator Yevropa klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli himoyachining faoliyatini «Yuventus», «Nyukasl», shuningdek, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari kuzatib bormoqda. «Brentford» esa futbolchini qishki transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti.

Kayode o‘tgan yil yozidan buyon «arilar» safida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Futbolchining transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.

Kiritildi: 12:54, 04.10.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик