Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Yuventus» qishda yangi himoyachi sotib olmoqchi

«Yuventus» qishda yangi himoyachi sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, «keksa sinyora» safini «Atalanta»ning qanot himoyachisi Lorenso Bernaskoni to‘ldirishi mumkin. Transfermarkt portali 22 yoshli italiyalik futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Himoyachining Bergamo klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Italiya chempionatida Lorenso uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

A Seriyaning besh turidan so‘ng «Yuventus» turnir jadvalida 7-o‘rinni, «Atalanta» esa 11-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 13:02, 04.10.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик