Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Chelsi» Ispaniyaning yosh iste’dodiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

«Chelsi» Ispaniyaning yosh iste’dodiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Komo» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon «Chelsi»ning ehtimoliy transfer nishonlari qatorida qolmoqda.

21 yoshli futbolchiga Yevropaning yirik klublari tomonidan qiziqish tobora ortib bormoqda. Asosiy da’vogarlardan biri «Chelsi» hisoblanadi. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘klar» Italiyada Sesk Fabregas qo‘l ostida o‘zini ko‘rsata olgan istiqbolli ispaniyalik himoyachini jiddiy ravishda nishonga olgan.

Futbolchining o‘zi esa «Komo»da baxtli va klubni tark etishga shoshilmayapti.

Xakobo Ramonning Madridning «Real» klubiga qaytishi ehtimoli ham tilga olinmoqda. Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquq bandi tufayli uni ancha arzon narxga qaytarishi mumkin.

Transfermarkt portali markaziy himoyachining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:06, 04.10.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик