«Barselona» vingeri Lamin Yamal Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi safida yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, gol urdi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida muxlislardan biri transfer eksperti ispaniyalik yulduzni haddan tashqari ko‘p targ‘ib qilayotganini yozdi:
«U haqiqatan ham Yamalni piar qilyapti».
Bunga italiyalik jurnalist hazil bilan javob qaytardi:
«Ha, 9 ta o‘yinda 19 ta golli harakat qayd etgan futbolchiga haqiqatan ham bizning piarimiz juda kerak, ha-ha».
Romanoning ushbu javobi ko‘plab layk to‘pladi.
Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Sovrinni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













